Vaskes transferi oldidan Xabi Alonsodan maslahat oldi
Lukas Vaskesning deyarli butun professional faoliyati "Real Madrid"da kechdi. Faoliyatini "Kastilya"da boshlagan himoyachi joriy yilning iyul oyida "qirollik klubi"ni Chempionlar ligasining besh karra g‘olibi sifatida tark etdi.
Matbuot Vaskesni Seriya A klublaridan biriga o‘tishi haqida yozdi, "Beshiktosh" ham unga qiziqish bildirgan edi, biroq ispaniyalikning faoliyatida kutilmagan burilish yasaldi: Lukas "Bayer" bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Leverkuzenda u 21-raqamda harakat qiladi.
Albatta, Lukas bu yoz Leverkuzendan Madridga ko‘chib o‘tgan Xabi Alonso bilan o‘z transferini muhokama qilishga ulgurdi:
- Ha, transferdan oldin Xabi bilan suhbatlashdim. U menga klub va jamoa haqida, "Bayer"ni o‘ziga xos barcha jihatlari to‘g‘risida ko‘p ma’lumot berdi. Bu erda ekanligimdan juda mamnunman, Xabiga esa yordami uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ko‘p yillik jamoadoshim Dani Karvaxal ham klub haqida ko‘p ijobiy fikrlar aytdi, - dedi Vaskes.
Fikrlar