
Vaziyat yanada jiddiylashdi: MYu rahbariyati Ronaldu bilan shartnomani bekor qilmoqchi
"Manchester Yunayted" rahbariyati portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Klub forvardning internetni junbushga solgan shov-shuvli intervyusidan keyin bunday qarorga kelgan.
"The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, ingliz grandi rahbarlari yanvar oyidagi transfer oynasida portugaliyalik hujumchi bilan shartnomani buzish imkoniyatini ko‘rib chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, Ronalduning jurnalist Pirs Morganga bergan intervyusidan lavhalar ommaga e’lon qilingan, unda futbolchi Erik Ten Xag, "Manchester Yunayted" rahbariyatini keskin tanqid qilgan va hattoki sobiq jamoadoshi Ueyn Runi sha’niga ham "yaxshi" gaplar gapirgan.
Eslatib o‘tamiz, Krishtianu “qizil iblislar” safida 2021 yilning yozidan beri o‘ynamoqda.
Fikrlar