"Vest Xem" hujumchisiga ham Saudiyadan taklif keldi
Jerrard ustozlik qilayotgan "Al-Ittifoq" bitta hujumchi sotib olishni maqsad qilgan. Variantlar orasida "Vest Xem" vakili Maykl Antonio ham bor, deya xabar bermoqda "Foot Mercato" nashri.
Manbaning ta’kidlashicha, "bog‘achilar" hujumchini sotishga qarshi emas. Klub ayni paytda yangi strayker izlamoqda. PSJ a’zosi Xyugo Ekitike faoliyatini London jamoasida davom ettirishi mumkin.
Antonioning o‘zi ham Saudiyaga ketishga rozi bo‘lish ehtimoli yuqori. "Al-Ittifoq" va futbolchi o‘rtasida muzokaralar boshlangan.
Fikrlar