
Video. Eldor Shomurodovning ajoyib golini ko‘rdingizmi?
Italiya A Seriyasining 33-turida "Jenoa" o‘z uyida "Spetsiya"ni qabul qildi. Ushbu o‘yinda genuyaliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Mehmonlarning ikkinchi goliga hamyurtimiz Eldor Shomurodov mualliflik qildi. Eldor tezlikda himoyachini ortda qoldirdi va chiroyli tarzda to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
G‘alabaga erishgan "griffonlar" ochkolari sonini 36 taga etkazib, 13-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Quyida Shomurodovning golini tomosha qilishingiz mumkin.
Fikrlar