Viktor Jalilov: "Navbahor" bugun mag‘lub bo‘lishi ham mumkin edi

Superliga 6-turidan o‘rin olgan "Navbahor" hamda "Turon" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan (0:0) so‘ng namanganliklar ustozi Viktor Jalilov matbuot anjumanida ishtirok etdi va o‘z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda, muxlislarimizdan uzr so‘ramoqchiman. Juda yomon o‘yin o‘tkazdik. Joriy mavsum bunday yomon o‘yin o‘tkazmagandik. Albatta, bu holatimiz yaxshi emasligimizdan dalolat. To‘pni yo‘qotishdan qo‘rqish, to‘p o‘tkazib yuborishdan hayiqish kuzatilmoqda. AGMK va "Lokomotiv" bilan bahslardagi o‘yin yo‘q. Bularning bari ruhiy holat bilan bog‘liq deb o‘ylayman.

Raqib yaxshi shakllangan jamoa. "So‘g‘diyona" bilan o‘yinda mojaroli gol o‘tkazib yuborishgandi, "Lokomotiv" bilan o‘yinda g‘alabani boy berishgandi. "Turon"dagi tashkilotchilik va o‘yindan kelib chiqsak, uning hozir egallab turgan o‘rni o‘ziga mos emas. Albatta, bugungi xatolarni o‘rganib chiqamiz, kamchiliklarni bartaraf etamiz. Jamoamizning uchta o‘yindan buyon g‘alaba qozonmayotgani, ishonchning yo‘qolayotganidan dalolat. Bu ruhiy holat bilan bog‘liq. Agar bugun darvozabonimizning mustahkam o‘yini bo‘lmaganda, bugun yutqazishimiz ham mumkin edi.

AGMK va "Paxtakor" bilan o‘yinlardan keyin futbolchilarimizning o‘ziga ishonchi ortishiga umid qilgandik. Ammo afsuski, futbolchilarimizda o‘zlariga ishonch etishmayapti. Bu meni ham hayron qoldirmoqda. O‘rta chiziq va hujumdagilar negadir o‘zlarini ko‘rsata olishmayapti.

Hujumchilar masalasidagi savolga vaziyatning o‘zi javob berib turibdi. 6 ta o‘yinda o‘yindan atigi 2 ta gol urdik. Panshanbe va Isoqjonovning gollaridan boshqa gol urolmadik. Shundan ham muammo ko‘lami qandayligini bilib olish mumkin", - deb Jalilovning so‘zlarini keltirdi "Navbahor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Akbarali Abdunazarov
17/04/2021 05:46
Виктор Жалилов гапни Турон жамоаси уйинига каратиб бурмангда келганингиздан бери нима килдингиз, кайси чизикда узгариш килдингиз, кимни асосий таркибга киритиб кимни жойни узгартирдингиз, кайси еш уйинчида келажакни кураяпсиз. Ман аник биламан Жалиловга тармашсангиз хозир мен якинда келдим, вакт керак деб бохона килади, Ашурматов, Бакоевга ухшаган еш мураббий керак жамоага, жамоа билан машгулотларда бирга уйнаса узгариш булади, Жалиловга 3 йил вакт берилса хам узгариш булмайди, мани шахсий фикрим, Навбахорга омад!
Abbos Axmedov
16/04/2021 22:06
Биз учун мавсум тугади тан олиб айтиш кераки шу уйини бўлса Навбахорни лични мани фикрим бу албатта мавсум сўнгида супер лигада қолиш учун курашади сутак қовун тормиз ўйинчилар билан эсиз ошанча пул шарт шароитлар увол хаммаси бу нон кўрларга