Viktor Jalilov: Yigitlar g‘alabani Odil Ahmedovga bag‘ishladi

  • 20 iyun, 2021, 22:27
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirgina Superliganing 10-turidan o‘rin olgan "Navbahor" va "Mash’al" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin (2:0) yakunlandi. Ushbu bahsdan keyin maydon egalari bosh murabbiyi Viktor Jalilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

– "Mash’al" jamoasiga qarshi o‘ynash hamma jamoalarga qiyin bo‘lmoqda. Ularga qarshi shunchaki o‘yin o‘tkazganimizni eslolmayman. "Mash’al"da ishlab, "Navbahor"ga qarshi o‘ynaganimizda ham shunday holat kuzatilgandi. Bugun omad biz tomonimizda bo‘ldi. O‘tgan yili ushbu jamoaga ikkita o‘yinni boy bergandik, shu noxush an’anani buzganimizdan xursandman. Yigitlarga matonat ko‘rsatishgani uchun rahmat aytaman. Abbosjon G‘ulomov o‘yinning so‘nggi daqiqalarini jarohat bilan o‘tkazdi. Asosiysi, uchrashuvni g‘alaba bilan yakunlashni uddaladik.

Jismoniy tayyorgarligimizda ijobiy holat kuzatilmoqda. Aniq ma’lumotlarni hozir alohida keltirib o‘tmayman. Ivan Solovyov bugungi o‘yinga jarohat bilan tushdi. "Nasaf"ga qarshi kechgan o‘rtoqlik uchrashuvida uni maydonga tushirmagandik, bugungi o‘yinga asragandik. Bugun esa ukol bilan maydonga tushdi, o‘ynashni o‘zi xohladi. Jamoa 2:0 hisobida oldinda borayotganda, psixologik tomondan hisobni saqlab qolishga intiladi.

Bugungi raqibimizni yaxshilab o‘rgangandik. Videotahlillardan tashqari, statistik ma’lumotlariga ham e’tibor qaratdik. Bugun raqib uch hujumchi bilan o‘ynagan bo‘lsada, ulardan kam hujum uyushtirmadik. Hamma gap hujumchining maydonda nechtaligida emas.

Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, yigitlar bugun g‘alaba qozonib, ushbu g‘alabani Odil Ahmedovni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlashlarini aytishdi. Odilning termamizga yana foydasi tegishi aniq edi, lekin u milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganini bildirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
22/06/2021 00:39
Бугун Горан Пандиев ҳам футболдан кетди, мағрур ва ажойиб тарзда. Одил сенга шунақа кетиш насиб қилмадида. Сен бизнинг қалбимизда 1умур яшайсан Одил. Сен ифлос Бабаян ва Абрамовдек тўнкаларнинг чиркин ўйинлари қўрбони бўлдинг. Аҳмедов камида Қосимовдек кузатишимизга арзирди. Бунёдкорни кучайган, Даврида миллионларга учмай Пахтакорга садоқат билан қолиб, юлдизли таркибли Буноёдкорга қарши рақобатдда ўз жамоангни етаклаб мардонавор жангчи сифатида ажойиб ўйинлар кўрсатганинг эсимизда. МТЖ сафида 2011йил Қатар майдонларини юлдузли жамоамиз сафида Серверу, Кападзе, Ҳайдаров, Бақоевлар билан жавлон уриб ўйнаганинг эсимизда бир умур қолади. Начора сенга тақдир шундай кетишни раво кўрибди Одилжон Аҳмедов.
&
Ашуров Бахтийор
21/06/2021 11:50
Зўр футболчи бўлиш билан бирга вақтида кетишни ҳам,билиши керак экан.
77 77
21/06/2021 04:58
Мехнатинга рози бул одил рахмат