Viktor Jalilov yirik hisobidagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

  • 22.04.2021 19:31
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol

"Navbahor" - "Oq-tepa" o‘yindan keyingi matbuot anjumanida "lochinlar" bosh murabbiyi Viktor Jalilov jurnalistlar savollariga javob beradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- Kubok bahslarida natijani oldindan aytish qiyin. Keskinlik saqlanib turdi. Avvalgi o‘yinlardagi natijalardan keyin futbolchilarimizning ruhiy holati yaxshi emasdi. Ularni qo‘llab-quvvatlab turdik, madad berdik. Lekin baribir, xato qilishdan qo‘rqish kuzatildi.

Superliga va Pro liga jamoalari o‘rtasida farq bor. Bu sezildi. Legionerlarimizning jarohatlari bor edi, barchalarining jarohat olishlari tasodif bo‘ldi. Birinchi taymda ko‘plab vaziyatlar yaratishga urindik, faqat ulardan foydalanishda futbolchilarimiz oqsashdi. Tanaffusdan keyin esa saviya jihatidan ustunliklarini namoyish etishdi, baribir, - dedi Viktor Jalilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Inambaev Ravshan
22/04/2021 20:16
Галабалар давомли булсин!!!