
Bilasizmi, Viktor Kumikov hali ham O‘zbekistonda
Rossiyalik tajribali mutaxassis, hozirda hech bir klubni boshqarmayotgan Viktor Kumikov yaqinda O‘zbekistonga o‘zining qadrdonlari bilan ko‘rishish maqsadida kelgandi. Ammo keyinchalik yurtimizda karantin joriy etilib, boshqa mamlakatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinganidan so‘ng Kumikov yurtiga jo‘nab ketishga ulgurmay qolgan. Natijada Viktor Balyutovich yurtimizda qolib ketdi. Ayni paytda u Yangierda istiqomat qilib turibdi.
Yaqinda ushbu mutaxassis bilan suhbat uyushtirganimizda Navoiyga borib, "Qizilqum" rahbarlari bilan gaplashganini, ammo bu uchrashuv taklif doirasida, ish yuzasidan bo‘lmaganini ta’kidlagandi. Shuni aytish kerakki, hozirda Kumikov erkin agent maqomiga ega. Shunday ekan, u yurtimizdan bo‘ladigan boshqa takliflarni ham ko‘rib chiqishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Kumikov bunga qadar yurtimizda "Mash’al", "Nasaf" hamda AGMK jamoalarini boshqargan.
Fikrlar