Vinisius Zhunior "Real"dan ketmoqchi
"Real Madrid" vingeri Vinisius Zhunior jamoani tark etishi mumkin.
Braziliyalik futbolchining "qirollik klubi"dagi kelajagi so‘roq ostida qolmoqda. Klub rahbariyati Vinini qo‘llab-quvvatlamoqda. Murabbiy Alvaro Arbeloa ham undan ko‘p narsalardan umid qilmoqda, ammo futbolchining jamoadan ketish ehtimoli yuqori. "Marca" xabariga ko‘ra, "Real"dagilar avvalgidek Vinisiusning maosh bo‘yicha talablarini qo‘llab quvvatlamayapti. Bundan tashqari, futbolchining klub muxlislari bilan buzilgan munosabatlarini qayta tiklash imkoniyati yo‘q deb hisoblanmoqda. Sababi uning xatti-harakatlari ularga yoqmayapti. Avvalroq, futbolchining Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, futbolchining "transfermarkt" portalidagi narxi 150 million yevroga baholangan.
Fikrlar