Vinisius kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

  • 24.09.2025 18:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” hujumchisi Vinisius Junior klubdagi kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi. Braziliyalik yulduz anchadan beri “Qirollik klubi” bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelisha olmayotgan edi.

Gap shundaki, Vinisius klub xo‘jayinlaridan jamoa etakchisi Kilian Mbappega berilayotgan darajada yuqori maosh talab qilmoqda. Rahbariyat uning bu talabini qondirishga ko‘nmadi.

Keyingi paytda “Real” 2026 yilda Vinisiusni sotib yuborishga tayyorligi haqida ma’lumotlar tarqatila boshladi.

Biroq taniqli insayder Fabritsio Romano mashhur hujumchi “Real”ni qadrlashini va kelajagini klub bilan bog‘lamoqchi ekanini ta’kidladi. Ayni paytda tomonlar o‘rtasida hamkorlik uzaytirish bo‘yicha muzokaralar qayta boshlangan.

Vinisiusning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan. Klub bu bitimni 2030 yilning 30 iyunigacha uzaytirishni mo‘ljallayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!