Vinisius nechta o‘yindan beri gol urmadi?

  • 15.12.2025 16:45
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Real" hujumchisi Vinisiusni muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etmoqda. Kecha Madrid klubi safarda "Alaves" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu uchrashuvdan keyin braziliyalik futbolchisining golsiz seriyasi 13 taga etdi. Vini "qaymoqranglilar" safida ikki oydan ortiq vaqtdan buyon gol kiritmayapti. 25 yoshli futbolchi "Real" safida oxirgi marta "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda gol kiritgan edi.

Eslatib o‘tamiz, vinger joriy mavsum Xabi Alonso qo‘l ostida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan va 8 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!