Vinisius va Maffeo oʻrtasida yana keskin bahs yuz berdi

  • 07.04.2026 14:38
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

La Liganing 30-turidagi "Malyorka" – "Real" uchrashuvida Pablo Maffeo va Vinisius Zhunior oʻrtasida yana keskin vaziyat kuzatildi.

"Movistar" kameralari tasvirga olgan holatda braziliyalik vinger toʻqnashuvdan qochganidan keyin raqibi oldiga kelib, "Men seni oʻldiraman", deya keskin gap aytgan.

Yana bir epizodda Maffeo Vinisiusni turtib yuborib, "Senga nima boʻlgan?" deb murojaat qilgan. Bu harakat uchun u sariq kartochka oldi. Shundan keyin ispaniyalik futbolchi raqibiga yana murojaat qilib, "Bunchalik jonga tegma. Sen juda yigʻloqsan", degan.

Eslatib oʻtamiz, ushbu uchrashuvda "Malyorka" "Real"ni 2:1 hisobida magʻlub etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!