Vinisiusni Angliya grandlariga joylashmoqchi

  • 07.04.2026 15:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real” hujumchisi Vinisius Zhunior Madriddni tark etish ehtimoli oshib bormoqda. Bu ko‘p jihatda hali ham uning “Real”dagi kelajagi mavhum bo‘lib turgani bilan bog‘liq.

Vositachilar braziliyalik yulduz xizmatlarini “Arsenal”, “Manchester Yunayted”, “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Chelsi” kabi Angliyaning badavlat klublariga taklif qilishdi.

“Real” 18 oydan ko‘p vaqt mobaynida Vinisius bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, ammo hali tomonlar bir to‘xtamga kelgani yo‘q. Futbolchining amaldagi bitimi  2027 yilning yozida yakunlanadi.

25 yoshli Vinisius hozirning o‘zidayoq dunyodagi eng yuqori maosh oluvchi uchinchi futbolchidan biri hisoblanadi. Hujumchi bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Manchester Siti” yulduzi Erling Holand va jamoadoshi Kilian Mbappedan keyin turadi.

Vinisius “Real” rahbariyatidan maoshini haftasiga 500 ming funtgacha ko‘tarishni talab qilmoqda va madridliklar buni qabul qilmayapti.

Shu bilan birga, “Real” qimmatbaho aktiv hisoblangan Vinisiusni erkin agent sifatida yo‘qotishni istamaydi, shuning uchun La Liga grandi kelasi yozda o‘z superyulduzini sotishga majbur bo‘lishi mumkin.

TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, “Real” allaqachon Vinisiusni sotish imkoniyatlarini o‘rganishni boshlagan. Vositachilar orqali hujumchining xizmatlari tor doiradagi klublarga taklif qilingan.

Premyer-liga klublaridan tashqari, bu ro‘yxatga PSJ va “Bavariya” ham kiritilgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!