Vinisiusning provokatsion harakatlari muhokamalarga sabab bo‘lmoqda
La Liganing ikkinchi turi doirasida "Real Madrid" "Real Ovedo"da bilan to‘qnash keldi.
Hujumchi Vinisius Junior ikkinchi bo‘limning yarmida maydonga tushdi, ammo qisqa vaqtda ko‘p ish qilishga ulgurdi: simulyatsiya uchun sariq kartochka oldi, golli uzatmani amalga oshirdi, hakam bilan tortishib qoldi va yakunda o‘zi ham gol urdi.
Hozir ijtimoiy tarmoqlarda Vinisius "Real Ovedo" muxlislariga ikki barmog‘ini ko‘rsatayotgani aks etgan video paydo bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, bu provokatsiya edi - braziliyalik, ehtimol, kelasi yili jamoa ikkinchi divizionga tushib ketishini nazarda tutgan.
Ta’kidlash joizki, Vinisius ilgari ham raqib jamoalar muxlislariga nisbatan muntazam ravishda provokatsion harakatlar amalga oshirgan.

Fikrlar