Virts "Manchester Siti"ga emas, Ispaniyaga yo‘l olish ehtimoli yuqori

  • 20 aprel, 13:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bayer" yarimhimoyachisi Florian Virts kelajakdagi transferi borasida o‘z reytingini shakllantirgan. "Bild" nashrining xabar berishicha, futbolchi yangi jamoa tanlashda Chempionlar ligasini yutish imkoniyati va "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritish ehtimoliga asoslanadi.

Tecno

Acosiy favorit – "Real Madrid". Virtsni klub tarixi, sovrinlar soni va dunyodagi eng yaxshi futbolchiga aylanish imkoniyati jalb qilmoqda. Shuningdek, u Xabi Alonso bilan "Real"da yana birga ishlash ehtimolini ham e’tiborga olgan — agar Karlo Anchelotti yozda jamoani tark etsa.

Florian Wirtz of Bayer 04 Leverkusen is seen during the Bundesliga match between Bayer 04 Leverkusen and 1. FC Union Berlin at BayArena on April 12,...

Ikkinchi o‘rinda – "Manchester Siti". Pep Gvardiola Virtsni anchadan buyon kuzatib kelmoqda va aytilishicha, shaxsan uni Kevin de Bryuynening vorisi sifatida ko‘rayotganini bildirgan. "Siti" 150 million evroga baholanayotgan transfer va yuqori maoshni ta’minlash imkoniyatiga ega.

"Bavariya" esa Virts uchun unchalik qiziqarli emas. Hatto klubning faxriy prezidenti Uli Xeness shaxsan futbolchining otasi bilan uchrashganiga qaramay, Virts Myunxen jamoasiga o‘tishni hozircha ma’qul ko‘rmayapti.

Florian Wirtz of Leverkusen looks on during the Bundesliga match between Bayer 04 Leverkusen and 1. FC Union Berlin at BayArena on April 12, 2025 in...

Futbolchining "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha tuzilgan. Germaniya chempioni uni saqlab qolishni xohlamoqda. Shu bilan birga, Virtsning Leverkuzenda qolish ehtimoli ham yo‘q emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!