
Vitaliy Denisovning so‘nggi daqiqadagi golli uzatmasi jamoasining g‘alabasini ta’minladi (video)
Kecha Rossiya Milliy futbol ligasida 27-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib boradigan "Tom" jamoasi safarda "Alaniya"ga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobidagi irodali g‘alabaga erishdi.
Denisov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa davomida maydonda faol harakat qildi. Aynan uning hakam tomonidan qo‘shib berilgan so‘nggi daqiqada chap qanotdan uzatib bergan to‘pidan so‘ng Penchikov bosh bilan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va g‘alaba keltirdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng tomskliklar hisobidagi ochkolar soni 20 taga etdi. "Yashil-oqlar" turnir jadvalidagi 22 klub orasida 21-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar