Vitaliy Levchenko: "Tablodagi hisob o‘yin qanday o‘tganini ko‘rsatib turibdi"

  • 20 aprel, 2024, 08:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogining 2-turida Farg‘onaning “Neftchi” Yangierda Sirdaryo FA jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Favorit hisoblangan farg‘onaliklar kutilganidek safardagi uchrashuvda ishonchli targ‘da g‘alabani qo‘lga kiritdilar. Qayd etilgan 1:5 hisobi hammasini aytib turibdi. Bahs yakunlangach, “Neftchi” ustozi Vitaliy Levchenko o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Yaxshi o‘yin yaxshi. Yosh jamoa, qiziqarli kechdi va ular o‘zlarini ko‘rsata olishdi. Bu akademiya jamoasi. Albatta, daraja o‘z so‘zini aytdi. Biz o‘yinni nazorat qildik. Tablodagi hisob xaqiqatan o‘yin qanday o‘tganini ko‘rsatib turibdi.

- “Neftchi”ni g‘alaba bilan va keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Superligada chempionlikni maqsad qilgan “Neftchi”ning Kubokdagi rejasi qanday?

- Bilasizlar, “Neftchi” jamoasida katta an’ana mavjud. Ya’ni, har o‘yinda g‘alaba qozonish vazifasi. Biz Kubokmi yoki chempionat o‘yinlarimi, ajratib ko‘rsatmaymiz. Maqsadimiz muxlislarimizni xursand qilish va shu yo‘sinda davom etamiz.

- Maydon masalasida muammo ko‘zga tashlanmadimi?

- Izohlab o‘tmoqchimasman, biz muxlislarga bayram kayfiyatini taqdim etish uchun kelgandik. O‘ylaymanki, bu maydon yaxshi va sifatli maydonlardan biri bo‘lishini tilayman.

- Jamoadagi legionerlarning o‘yinidan qoniqish hosil qildingizmi?

- Ha, bugun biz biroz rotatsiya qildik. Reja bo‘yicha legionerlarni ikkinchi bo‘limda chiqardik. Sababi kam o‘yin amaliyotiga ega yigitlarga o‘ynash imkoniyatini berdik. Shuning uchun rotatsiya bo‘lishi muqarrar edi. Legionerlarga ham o‘ynash imkoniyatini berdik. Chunki ularga o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi muhim.

- Asosiy darvozabon Ergashevmi yoki Quvvatov?!

- Bizda uch nafar darvozabon mavjud. To‘raev va yana yosh davrvozabon bor. Raqobat katta. Aytib o‘tganimdek, hammaga o‘ynash imkoniyatini bermoqdamiz. Shuning uchun rotatsiya amalga oshiryapmiz. Balki keyingi o‘yinda Quvvatov o‘ynar, farqi yo‘q. Darvozabonlarimiz hammasi taxminan bir xil saviyada.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Neftchi fan
20/04/2024 13:35
InshaAlloh NEFTCHI CHEMPION
&
Abror Xojiboyev
20/04/2024 14:46
Hudo hohlasa chempion boʻlamiz