Vladimir Yovovich Chernogoriya terma jamoasidan chaqiruv oldi

  • 11.03.2026 16:14
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol

"Neftchi" jamoasi yarim himoyachisi Vladimir Yovovich Chernogoriya terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Chernogoriya terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida ikkita bahsda maydonga tushadi. Dastlab, 27 martda Andora terma jamoasiga qarshi, 31 martda esa Sloveniya termasi bilan o'ynaydi.

Uchrashuvlarga tayyorgarlik yig'ini 22 mart kuni Podgoritsa shahrida boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
11/03/2026 18:55
Омад жарохатдан асрасин.