WBO yangilangan reytingiga Isroil Madrimov ham kiritildi, yana bir qancha bokschilarimizda ko‘tarilish bo‘ldi

  • 22.04.2023 10:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Professional boksning tayanch tashkilotlaridan biri hisoblangan Jahon boks tashkiloti (WBO) aprel oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Undagi o‘zbek bokschilari o‘rinlari bilan tanishing.
 
Super o‘rta vazn (76,2 kg): Bektemir Meliqo‘ziev 10-o‘rindan 8-o‘ringa ko‘tarildi; 
 
Super yarim o‘rta vazn (69,8 kg): Isroil Madrimov ilk bor reytingga kirib 14-o‘rinni egalladi; 
 
Yarim o‘rta vazn (66,6 kg): Shahram G‘iyosov 9-o‘rin; 
 
Super engil vazn (63,5 kg): Shohjahon Ergashev 5-o‘rin; 
 
Yarim engil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov bir pog‘ona yuqoriladi va 14-o‘ringa joylashdi; 
 
O‘ta engil vazn (50,8 kg): Olimjon Nazarov 4-o‘rindan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi; 
 
Birinchi o‘ta engil vazn (48,9 kg): Hasanboy Do‘smatov 8-o‘rindan 12-o‘ringa tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!