World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining o‘tkazilish vaqtlari e’lon qilindi
Ma'lumotlarga ko‘ra, World Boxing tashkiloti kubogining birinchi bosqichi 20-26 aprel kunlari Braziliyaning Fos-du-Iguasu shahrida bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich esa Xitoyning Guiyan shahrida 15-20 iyunda tashkil etiladi.
Uchinchi, ya'ni final bosqichiga Toshkent mezbonlik qilishi rejalashtirilgan. Yurtimizda ushbu musobaqa 25 noyabrdan 2 dekabrgacha bo‘lib o‘tadi.
Boshqa musobaqalar vaqtlari va joylari nomi bilan ham, quyidagi suratda tanishib o‘tishingiz mumkin.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar