Xabarovskda bokschilarimiz uch g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etdi
Rossiyaning Xabarovsk shahrida boks bo‘yicha xalqaro turnir davom etayotganligi, unda o‘zbekistonlik bokschilar ham ishtirok etayotganligini ma’lum qilgandik.
Bugungi kun dasturidan to‘rt nafar bokschimizning janglari o‘rin olgandi. Hozirga kelib, ularning barchasi ringga ko‘tarilib ulgurdi.
Jumladan, -49 kg vaznli bokschimiz Sohib Sodiqjonov avtomatik tarzda keyingi bosqichga yo‘l olgan bo‘lsa, -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Mironshox Ibragimov ozarbayjonlik Rufat Guseynovni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
-60 kg vaznli bokschimiz Hurshid Rasuljonov esa rossiyalik Anatoliy Grigoryanni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Afsuski, -69 kg vaznda turnirda ishtirok etayotgan Javlonbek Yo‘ldoshev yaponiyalik Sevonrets Okazavaga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Turnir davom etmoqda.

Fikrlar