Xabi Alonso "Manchester Siti" bosh murabbiyligiga nomzodlar orasida

  • 02.02.2026 23:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"The Telegraph" nashrining xabariga koʻra, "Real" va "Bayer"ning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso Xosep Gvardiolaning ehtimoliy oʻrinbosarlari roʻyxatiga kiritilishi kutilmoqda. Manbada taʼkidlanishicha, kataloniyalik mutaxassis yozda lavozimini tark etishi mumkinligi haqida ishonch ortib bormoqda. Biroq "Manchester Siti"ga yaqin manbalar bu maʼlumotni rad etmoqda.

Qayd etilishicha, qisqa roʻyxatdan kamida uch nafar mutaxassis joy oladi. Ular orasida Xabi Alonso, Enco Mareska va Sesk Fabregas bor. "Bavariya"ni boshqarayotgan Vensan Kompani boʻyicha esa myunxenlik klubga yaqin manbalar belgilayik mutaxassis yozda Angliyaga qaytishga rozi boʻlishiga ishonmayapti.

Shuningdek, avvalroq "Manchester Siti" Roberto De Dzerbiga ham qiziqish bildirgan edi. Ammo ayni paytda italyalik murabbiy "Marsel"da muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!