
Xabib Nurmagomedovning hisoblari bloklandi
Federal Soliq xizmati sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni soliqlarni to‘lamagani uchun hisoblarini blokladi. Bu haqda "Mash" telegram-kanali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Federal soliq xizmati jangchining ikkita kompaniyasi: “Futbol to‘pi muzeyi” hamda “Ta’lim, sport va ijtimoiy tashabbuslarni rivojlantirish jamg‘armasi”ning hisoblarini bloklagan. Avvalroq, Eagle FC, Nurmagomedov xayriya fondi va Hikmet Travel sayyohlik kompaniyasining akkauntlari bilan ham shunday holat sodir bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yozda Nurmagomedov soliq idoralari bilan muammolarga duch kelgandi. O‘shandagi tekshiruvlarga Xabib tashkilotlarining rasmiy hujjatlaridagi noto‘g‘ri ma’lumotlar sabab bo‘lgan. Dog‘istonlikning umumiy qarzi avgust oyida 300 million rubldan sal ko‘proqni tashkil etdi.
Fikrlar