Xalilova Madinabonu ayollar xalqaro sport ustasi unvoni talabini bajardi
O‘zbekistonlik shaxmatchi Xalilova Madinabonu ayollar o‘rtasida xalqaro sport ustasi (WIM) unvoni uchun belgilangan normativ talablarni muvaffaqiyatli bajardi.
Mazkur natija sportchining so‘nggi yillardagi izchil mehnati, yuqori saviyadagi musobaqalardagi barqaror ishtiroki hamda xalqaro maydondagi munosib o‘yinlari samarasi hisoblanadi.
Saytimiz nomidan Xalilova Madinabonuni ushbu muhim natija bilan samimiy tabriklaymiz hamda kelgusi musobaqalarda yanada yuksak zafarlar tilaymiz!

Fikrlar