Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons O‘zbekistonga keldi

  • 29 sentabr, 2021, 13:47
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaevning taklifiga binoan yurtimizga tashrif buyurdi.

Tecno

Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avaz Karimov, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov va ko‘plab ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib oldi. O‘z navbatida Endryu Parsons ham O‘zbekistonga ilk tashrifi bu qadar iliq boshlanganidan mamnun ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidentining yurtimizga rasmiy tashrifi 2 oktyabrga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!