
Xavi Bernardu Silvani yozgi transfer maqsadlari ro‘yxatidan olib tashlamagan
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes o‘z tarkibini "Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva bilan kuchaytirmoqchi. "Diario AS" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis keyingi transfer oynasida portugaliyalikni o‘z jamoasi safiga qo‘shib olishga umid qilmoqda.
Bernarduning o‘zi "Barselona"ga o‘tishga qarshi emas va bu haqda avvalroq aytib o‘tgan edi. Biroq, "Manchester Siti"ning 60 million evroga sotib olish talabi shartnomani qiyinlashtirmoqda.
"Barselona" kelasi yozda transferni amalga oshirish uchun so‘ralgan summani kamaytirishga harakat qiladi.
Fikrlar