Xavi Messining qaytishi haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi PSJ hujumchisi Lionel Messining ehtimoliy qaytishi haqida fikr bildirdi.
"Hozir Messining qaytishini muhokama qiladigan payt emas. Biz u bilan tez-tez gaplashib turamiz. Tez orada bu mavzuni hal qilamiz. Umid qilamanki, u "Barselona"ga qaytadi. Bu klub uning hayoti", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi.
Qayd etish lozim, argentinalik forvard ayni vaqtda parijliklar bilan shartnoma muddatini uzaytirish niyatida emas. Uning PSJ bilan hamkorligi shu yiling yozida yakuniga etadi.

Fikrlar