
Xavi nega “Barselona”dan ketishga qaror qilganini ochiqladi
Ayni paytda “Barselona”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Xavi Ernandes futbolchi sifatida kataloniyaliklar bilan xayrlashishiga sabab bo‘lgan omillarni oshkor qildi.
2015 yili klub rahbariyati 35 yoshli pleymeykerga uch yillik yangi shartnoma taklif qilganiga qaramay, Xavi jamoani tark etishni ma’qul ko‘rgan.
- Bu faoliyatining so‘nggi bosqichida turgan har bir futbolchi duch keladigan vaziyat. 35 yoshligimda “Barselona”dan shartnomani yana uch mavsumga uzaytirish taklifini oldim.
Men rad javobini berib, jamoadan ketdim. Chunki o‘z qobiliyatimni 100 foiz ishga sola olmasligimni his qilgandim, - dedi Xvi Ernandes.
Keyinchalik Xavi Ernandes Qatar chempionatiga ko‘chib o‘tib, “Al-Sadd” jamoasida to‘rt yil to‘p tepdi va aynan mana shu klubda murabbiylik faoliyatini boshladi.
Fikrlar