Xavi o‘z talabani oshkor qildi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes qishda qaysi pozitsiyalarni kuchaytirmoqchi ekanligi ma’lum.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, mutaxassis transfer oynasi yopilgunga qadar, hujumchi va qanot himoyachi pozitsiyalariga futbolchi olib kelmoqchi. U o‘z istaklari klub rahbarlariga ma’lum qildi.
"Ko‘k-anor ranglilar" sport direktori Mateu Alemani Xaviga yordam berishni xohlamoqda. Shunday bo‘lsa-da, ayni vaqtda jamoaning moliyaviy holati va transfer bozoridagi vaziyat yangi xaridlarga to‘sqinlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kataloniyaliklar ayni vaqtda Alvaro Morata, Adama Traore va Nikolasa Talyafiko kabi futbolchilar bilan shartnoma imzolashni istayapti.
Fikrlar