
Xavi Ronalduning "Al-Nassr"ga o‘tishi haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Krishtianu Ronalduning Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi haqida gapirdi.
"U Saudiya Arabistonining eng yaxshi klublaridan biri bilan shartnoma imzoladi. Biroq unga oson bo‘lmayli. Ushbu liga juda qiyin. "Al-Saad"ni boshqarganimda, ularning bir qancha jamoalariga qarshi o‘ynaganman.
Saudiya Arabistoni chempionati raqobatdardosh ligalardan, Ronaldu esa raqobatbardosh futbolchi. Ishonchim komilki, u muvaffaqiyatga erishadi va o‘z karerasida o‘zgarish qiladi", - dedi "ko‘k-anorranglilar" ustozi.
Fikrlar