Xayr “Real”, alvido “Siti”! Boshqa superklub Husanovni olish yo‘lini topdi!

  • 8 yanvar, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki transferlar oynasi bilan “Lans”da o‘ynayotgan Abduqodir Husanov uchun kurash qizg‘in pallaga kirib bormoqda. 20 yoshli markaziy himoyachimizga Frantsiya, Ispaniya, Angliya, Italiya, Germaniya, Turkiya kabi mamlakatlarning yigirmaga yaqin klublari qiziqish bildirayotgan bo‘lsa, keyingi kunlarda Husanovning nomini “Real”, “Manchester Siti”, “Pari Sen-Jermen” kabi chempion jamoalar bilan birga tilga olish dolzarb mavzuga aylandi.

Ayniqsa, so‘nggi pallada “Manchester Siti” o‘zbek futbolchisi bo‘yicha “Lans” bilan muzokara boshlagani, kurashga “Real” qo‘shilgani juda ko‘p muhokama qilinmoqda.

E’tiborlisi shundaki, Husanovni PSJ Angliya va Ispaniya chempionlariga boy berib qo‘ymoqchi emas. Parijliklar Husanov uchun kurashda ustunlikni o‘zlari tomonga og‘diradigan, "Lans"ga ma’qul kelishi kutilayotgan echimlarni taklif qila boshladi. 

Frantsiya futbolini yoritib kelayotgan nufuzli manbalardan biri – foot-sur7.fr portali Parij superklubining Abduqodir Husanov transferi uchun amalga oshirayotgan ishlari haqida asosli ma’lumotlarni taqdim etdi.

- O‘z himoya chizig‘i markazini yosh iste’dod egasi yordamida mustahkamlashga qaror qilgan PSJ qishki transferlar oynasi davomida Abduqodir Husanov transferi bo‘yicha “Lans” bilan kelishuvga erishishga bel bog‘ladi.

Yanvarda Milan Shkrinyarning ketishini inobatga olgan parijliklar shu oyning o‘zida uning o‘rnini Husanov bilan to‘ldirishga jiddiy tarzda kirishdi.

Aslida PSJ bu pozitsiyaga Tomas Arauxoni mo‘ljallagan edi, biroq “Benfika” o‘z himoyachisini 100 million evroga baholagani poytaxt klubi sport direktori Luish Kampushni boshqa echim topishga majbur qildi.

Buni inobatga olgan Kampush Husanov nomzodida to‘xtadi. 20 yoshli o‘zbek futbolchisi 2023 yili “Lans”ga kelganidan beri Liga 1 o‘yinlarida o‘zini ko‘rsatmoqda. Frank Xeyz qo‘l ostida “Lans”ning asosiy tarkibidan o‘rin olgan himoyachi Uill Still davrida jamoa etakchisiga aylandi va ayni paytda Frantsiyadagi eng kuchli besh himoyachidan biri hisoblanadi.

PSJ Husanovni qo‘lga kiritish uchun ichki chempionatda “Marsel”, Evropa miqyosida – “Atletiko Madrid”, “Manchester Siti”, “Nyukasl Yunayted” kabi bir necha grand klublar bilan raqobatlashishiga to‘g‘ri kelmoqda. Endi ispan matbuoti, xususan Fichajes nashri Abduqodirga “Real” ham da’vogarlik qila boshlagani haqida bong urmoqda.

Bu holatda “Lans” o‘zi uchun eng manfaatli va qulay taklifni qabul qiladi. “Pari Sen-Jermen” bu borada boshqa nomzodlardan ustunlikka ega.

“Lans” darvozaboni Bris Samba boshqa klubga o‘tishga qaror qilgan. PSJ uning o‘rniga yaxshi saviyadagi darvozabon qidirayotgan “Lans”ga Abduqodir Husanov transferi doirasida uchinchi golkiperi Arnau Tenasni olishni taklif qilmoqda.

Luish Kampush iste’dodli ispan posbonini berish orqali “Lans” rahbariyatini o‘zbek futbolchisini aynan Parijga jo‘natishga ko‘ndirishni maqsad qilgan.  Demak, Abduqodir Husanov atrofidagi vazyat qizg‘in pallaga kirgan va “Lans” qanday echimni qabul qilishini tez orada bilib olamiz, - deb yozmoqda foot-sur7.fr portali.

Transfermarkt portali Abduqodir Husanovni 12 million evroga baholamoqda. Biroq bu summa “Lans”ni qoniqtirmaydi. Frantsiya klubi o‘z kashfiyoti uchun 20-30 million evro atrofida badal puli talab qilishi aytilmoqda.

Ketishi kutilayotgan Shomurodovning derbidagi o‘yini qanday baholandi?

Husanov "boshqacha" o‘ynayapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
06/01/2025 22:10
Англия яхши унча мунча купол уйнга куйиб беради, Францияда сал усирвосаям кизил беради.
&
Болельщик
06/01/2025 22:09
Вохмалар