Xojimat Erkinov finalda AGMKga gol ursa, nishonlaydimi?

  • 17 dekabr, 2020, 23:18
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, 20 dekabr kuni Namanganda O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Superliga chempioni "Paxtakor"ga qarshi maydonga tushadi. Joriy mavsum ikki jamoada ham o‘ynashga ulgurgan yarim himoyachi Xojimat Erkinov final oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Final oldidan kayfiyat a’lo darajada. Yashirib o‘tirmayman, biroz hayajonlanyapman, sababi ilk marta finalda o‘ynayman. Ammo maydonga tushganingizdan keyin hammasi unutiladi, faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz.  

"Paxtakor" o‘tgan yili ham kubok sohibiga aylangan. Ammo finalda AGMKning ham imkoniyatlarini past baholamayman. Raqib safida ajoyib murabbiy va tajribali futbolchilar bor. Finalga chiqqan jamoa kuchsiz bo‘lmaydi. Olmaliqlar safidagi Abdurahimov va Grigalashvilidan ehtiyot bo‘lishimiz kerak.

Gol ursam nishonlaymanmi? Menimcha, yo‘q. Sobiq jamoamga hurmatim cheksiz, chunki Qosimov menga o‘z o‘yinimni ko‘rsatish uchun imkon bergan. Muxlislarni stadionga chorlab qolaman. Ishoning, ajoyib o‘yin bo‘ladi", -dedi Erkinov saytimizga bergan intervyusida. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
18/12/2020 01:42
imkoniyat. 80. 20. Pahtakor foydasiga. AGMK. omadini bersin lekin ochigi shu yil shu kamandani beronta cheroyli uyinni kurmadim shunchaki. uyinchilarni oylegi yahshi va zahira ham zur. yuqotish bulmaydi. va zamina ham 5ta legi. evaziga. 3 urinni oldi deb.uylayman. keyingisi Mirjajol Qosimovni. egitlarga uziga yarasha obruyi bor. bachala. zahira qolmaslik uchun ham. yugurib. uynaydi. lekin maydonga. beron bir taktika yuq. yoki uyin ham yuq. shunchaki. yugur yugur. pala partish uzoqdan tup oshirish va gol. yana aytaman. omadgena. AGMK 3 urin. oldi.