Xokkey. Yoshlarimiz bu safar Mo‘g‘uliston terma jamoasi darvozasini 7 marta ishg‘ol qilishdi

  • 14 mart, 2023, 21:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Mo‘g‘ulistonda o‘tayotgan yoshlar o‘rtasidagi xokkey bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi yana bir g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, bu gal hamyurtlarimiz musobaqa mezbonlariga qarshi bahs olib borib, 7:4 hisobida muvaffaqiyatga erishishdi. Qayd etish joiz, ushbu o‘yindan so‘ng xokkeychilarimiz turnir jadvalida 9 ochko bilan yaqqol peshqadamga aylanib olishdi. 4-tur o‘yini ertaga Tailandga qarshi o‘tkaziladi. Agar ushbu bahsda ham yurtdoshlarimiz g‘alaba qozonishsa, chempionat g‘olibligini muddatidan avval rasmiylashtirishadi.

3-tur: Mo‘g‘uliston 4 – 7 O‘zbekiston 

15.03.2023

4-tur: O‘zbekiston – Tailand 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!