Xoland “Manchester Siti”ga zo‘r futbolchi topib berdi

  • 31 avgust, 2022, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland klub rahbariyatini Bundesligadagi himoyachi Manuel Akanjini transfer qilishga ko‘ndirdi.

Tecno

“Shaharliklar” yozgi transferlar oynasi yopilguniga qadar himoya markazini kuchaytirishga harakat qilayotgan edi. Norvegiyalik hujumchi rahbariyatga bor e’tiborni o‘zi bilan “Borussiya”da birga o‘ynagan Mauel Akanjiga qaratishni tavsiya qildi.

Xolandning tavsiya klub 27 yoshli shveytsariyalik futbolchining transferi bo‘yicha ish boshlashiga asosiy turtki bo‘lgani aytilmoqda.

Bu transfer “Manchester Siti”ga 17-18 million evroga tushishi xabar qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!