Xoland Mbappedan zo‘r chiqib qoldi

  • 23 iyun, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropada mavsumning eng zo‘r to‘purari nomi Erling Xolandga nasib qildi. Norvegiyalik futbolchi “Manchester Siti” va o‘z mamlakati terma jamoasi safidagi umumiy gollarini sonini 56 taga etkazib oldi.

Tecno

22 yoshli hujumchi “Evro-2024” saralash turnirida Kipr terma jamoasi darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qildi. Bu ikki gol Xolandga PSJ va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappedan o‘zib ketishi uchun etarli bo‘ldi.

Mbappe mavsum davomida klub va terma jamoa miqyosida o‘z hisobiga 54 ta gol yozdirib qo‘ygan edi.

Mavsum to‘purarlari reytingida kuchli uchlikdan Angliya terma jamoasi va “Tottenxem” hujumchisi Harri Keyn o‘rin egalladi. Angliyalik forvard raqiblar darvozasini jami 40 marotaba ishg‘ol qilgan.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!