Xoland Salohdan zo‘r emas

  • 30.08.2022 15:57
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" sobiq futbolchisi Denni Merfi Muhammad Salohni "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bilan taqqosladi.

Tecno

Agar Xoland sog‘lom bo‘lsa, u ko‘p gol uradi, bunga hech qanday shubha yo‘q. Ammo Erling Premer liga bir mavsumida gol urish bo‘yicha Salohning rekordini yangilay olmaydi, deb o‘ylamayman.

U bir mavsumda 32 ta gol kirita olmaydimi? Yo‘q. Menimcha, bu juda qiyin. Xolandi butun mavsum davomida jarohatlarsiz o‘ynashi kerak, qolaversa, Gvardiola uni har doim maydonga tushirishi zarur. Boisi, klubda etarlicha iqtidorlar bor”, - deydi Merfi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 4 uchrashuvda maydonga tushib, 6 gol urishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!