
XOQ prezidenti 2021 yilgi Olimpiya o‘yinlarini tarixiy deb baholadi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) prezidenti Tomas Bax Tokioda bo‘lajak Olimpiya o‘yinlari tarixiy, deb e’tirof etilishini, Yaponiya tomoni esa koronavirus pandemiyasini hisobga olgan holda barcha sa’y-harakatlarini ko‘rayotganligini aytdi.
“Men Tokio – Olimpiya o‘yinlari tarixida eng zo‘r tayyorlangan shahar, deb hamisha gapirib kelganman. Va men “tarixiy” so‘zini ishlatishda hamisha ehtiyotkor bo‘lganman. Biroq bu Olimpiada chindan ham tarixiy bo‘ladi”, – dedi Tomas Bax.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tokiodagi o‘yinlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, u nafaqat Olimpiadalar, balki jahon tarixiga ham yozilishiga shak-shubha yo‘q.
XOQ prezidenti Yaponiyaning Olimpiya o‘yinlariga ko‘rayotgan tayyorgarligiga, shuningdek, koronavirus pandemiyasiga qarshi qo‘llanilayotgan turli choralarga yuqori baho berdi. U Yaponiya hukumati kelajakka boqayotganligini va muammolar paydo bo‘lishidan oldin ularni oldini olishga harakat qilayotganligini ta’kidladi.
Fikrlar