
"Xorazm" Otaxonov va Shoyqulov bilan kelishuvga erishdi
Ikkinchi davrada munosib ishtirok etish maqsadida puxta tayyorgarlik ko‘rayotgan "Xorazm" selektsiya ishlarini ham olib bormoqda.
Klub matbuot xizmati ikki nafar o‘yinchi bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Jumladan, Tailand chempionatida "Muangtong" safida to‘p surgan 30 yoshli himoyachi Abbos Otaxonov "Xorazm" bilan shartnoma imzoladi.
Otaxonov 2024 yilning yarmida "Mungtong" safiga qo‘shilgach, u erda 27 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pasni amalga oshirdi.
Shuningdek, "Xorazm" birinchi davrani "Andijon" safida o‘tkazgan Iskandar Shoyqulovni ham o‘z safiga qo‘shib oldi. 32 yoshli yarim himoyachi "Andijon"da 14 ta o‘yinda maydonga tushgan. U endi ikkinchi davrani "Xorazm" safida o‘tkazadi.
Fikrlar