Xrgovich: "2024 – mening yilim bo‘ladi"

  • 31 may, 2024, 13:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Og‘ir vazn toifasidagi xorvatiyalik bokschi Filip Xrgovich boks muxlislariga yaqin kelajakdagi katta rejalari haqida ma’lum qildi.

"2024 –  mening yilim bo‘ladi. Men Dyubuadan tezroqman, tajribam ko‘proq, kuchli zarbalarim bor, ringda aqlni ishlatib harakat  qilaman. Ushbu baxsdagi g‘alabamdan so‘ng keyingi jangimni "Uembli"da o‘tkazaman, u erda Joshuani mag‘lub etib, keyin Fyuri va Usik o‘rtasidagi revansh jangi g‘olibi bilan ringga ko‘tarilaman", - deya Xrgovichda xabar keltiradi FL TV.

Eslatib o‘tamiz, Xrgovich(17-0, 14 KO) va Dyubua(20-2, 19 KO)  o‘rtasidagi qarama-qarshilik 1 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!