
Yago Aspas: Gyottse tarkibga kiritilmaganda Morataga yo‘l bo‘lsin
Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Yago Aspas hamyurti Alvaro Morataning JCh uchun kengaytirilgan tarkibidan tushib qolishi xususida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Alvaro bilan gaplashib oldim, biroq qarorni bosh murabbiy chiqaradi. Tarkibdan tushib qolganlar orasida bir qator yaxshi yigitlarni sanab o‘tish mumkin. 4 yil muqaddam g‘alaba golini urgan Gyottse Germaniya tarkibiga kiritilmaganda Morataga yo‘l bo‘lsin. Agar mavsumni yaxshi o‘tkazolmasangiz, albatta, o‘rngizni boshqa birov egallab oladi", – deya izoh berdi Aspas.
Fikrlar