Yana bir afsona faoliyatini yakunlaydi

  • 26.05.2024 19:23
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Sobiq “Yuventus” va Italiya himoyachisi Leonardo Bonuchchi futbolchilik faoliyatini yakunlashini e’lon qildi. 37 yoshli futbolchi mavsum boshida “Yunion Berlin”ga ko‘chib o‘tgan edi. Qishda esa Leanardo berlinliklar bilan shartnomani bekor qilib, “Fenerbaxche”  bilan yozgacha shartnoma tuzgan edi.

Bonuchchi faoliyati davomida, 9 ta A Seriya, 5 tadan Italiya kubogi va Super kubogi va bir karra Evropa chempioni bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!