
Yana inkor etildi. Shomurodovning “Bolonya” bilan shartnoma imzolashi yolg‘onmi?
“Bolonya” klubi sport direktori Jovanni Sartori Eldor Shomurodovning ijara asosida “qizil-ko‘klar” safiga o‘tishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirdi.
“Yo‘q, Shomurodovning "Bolonya"ga 10 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga o‘tishi haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, - dedi Sartori.
O‘zbekistonlik hujumchi o‘tgan yilning avgust oyida “Jenoa”dan 18 million evro evaziga “Roma”ga o‘tgan edi. 2021/22 yilgi mavsumda hujumchi Rim klubi safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Shomurodovning “bo‘rilar” bilan shartnomasi 2026 yilning iyunigacha amal qiladi.
Fikrlar