“Yangi Drogba” APLni “yondirmoqchi”

  • 12 yanvar, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” dunyo bo‘ylab yosh futbolchilarni jamlashni va ulardan yangi yulduzlarni etishtirib chiqarishni xush ko‘radigan klub hisoblanadi.

Tecno

“Aristokratlar” yaqindagina 20 yoshni qarshilagan Devid Datro Fofanani qo‘lga kiritdi. Bu futbolchi Kot D'Ivuarda tug‘ilgan. Shu bois uni Chelsi” tarixidagi eng zo‘r hujumchilardan biri Dide Drogbaga qiyoslashmoqda.

Devidning o‘zi ham hujumchi sifatida doim o‘z hamyurtiga o‘xshashni istashini bildirgan.

Fofana “ikkinchi Drogba” bo‘lib, Angliya premer-ligasini “yondirish”ga tayyor ekanini ta’kidlamoqda. Londonliklarning ham yosh futbolchidan umidlari katta. Shuning uchun ham Fofana bilan 2029 yilgacha davom etadigan shartnoma imzolandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!