
"Yangi Pirlo" haqiqiy Pirloning jamoasida o‘ynamaydi, u "Inter"ga va’da berib qo‘ydi
"Inter" o‘z safiga "Breshiya" yarim himoyachisi Sandro Tonalini qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, “neradzurrilar” 20 yoshli italiyalik futbolchi bilan shaxsiy kelishuvga erishgan. Endi tomonlar o‘zaro 2025 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Tonalining Milan klubidagi yillik maoshi esa 3,5 mln evroni tashkil etishi aytilmoqda.
Bundan avvalroq esa, “yangi Pirlo” deya e’tirof etilayotgan futbolchini “Yuventus” bosh murabbiyi Andrea Pirlo o‘z jamoasida ko‘rishni xohlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Sandro o‘tgan mavsum “Breshiya” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar