
"Yangi Pirlo"ning bolalik orzusi ushaldi
"Milan" klubi "Breshiya" vakili Sandro Tonali transferini e’lon qildi. Yosh futbolchi yangi jamoasidagi ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Bu o‘ta ajoyib va kuchli hissiyot. Buni bolalikdan orzu qilardim va endi u ushaldi. Men bu libosni avval ham ko‘p kiyganman. Biroq "Milan" a’zosi sifatida bu libosni kiyish mutlaqo boshqa narsa. Juda baxtliman".
"Rossonerilar" italiyalik futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan 1 yilga ijaraga oldi. 20 yoshli Tonali "Milan" afsonasi Andrea Pirloning o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda.
Fikrlar