Yaxshiboev yangi murabbiyni xursand qiloladimi?

  • 12.09.2020 13:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol

Uch haftalik tanaffusdan so‘ng, Belarus chempionatining 23-tur uchrashuvlari o‘tkazilmoqda. Oliy liga peshqadami – “Shaxtyor” bugun o‘z maydonida “Vitebsk” futbolchilarini qabul qiladi.

Ushbu bellashuvga soligorsklik futbolchilarni yangi bosh murabbiy – ukrainalik Roman Grigorchuk tayyorlagan.

O‘zbekistonlik futbol muxlislari bo‘lajak bahsda Jasur Yaxshiboevdan gol kutadi. Ayni paytda hamyurtimiz jami 12 ta gol bilan to‘purarlar bahsida peshqadamlik qilmoqda.

Sermahsul o‘yin namoyish qilayotgan hamyurtimiz xorijlik mutaxassislar e’tiboriga tushganini alohida ta’kidlash lozim. Xususan, Kievning “Dinamo” jamoasi Jasur Yaxshiboevni kelasi yili yozda transfer qilishni rejalashtirmoqda. Kievlar ungacha o‘zbek legionerining o‘yinini sinchkovlik bilan kuzatib boradi.

“Shaxtyor” – “Vitebsk” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 20:00da boshlanadi.

Yaxshiboev Shatskixning o‘rnini bosa oladimi?

Yaxshiboevning dubli raqibni nokaut qildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dastan Uteuliev
12/09/2020 15:34
Админ Яхшибоевтин тышкан, сигенине дейин айтын