Yaxshiboevdan boshqa hech kim Belarus chempionatida 15 ta o‘yinda 10 ta gol ura olmagan!

  • 15 iyul, 2020, 23:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus chempionati peshqadami – Soligorskning “Shaxtyor” jamoasiga ko‘chib o‘tgan o‘zbek futbolchisi Jasur Yaxshiboev to‘purarlik mahoratini namoyish qilishda davom etmoqda.

Tecno

Asli transfer huquqi “Paxtakor”ga tegishli bo‘lgan Jasur mavsumning birinchi yarmini “Energetik-BGU” jamoasida o‘tkazib, yuqori saviyali futbolchi ekanini isbotlay oldi. U Minsk shahri sharafini himoya qilayotgan jamoa tarkibida 14 ta o‘yinda 9 ta gol urdi.

117697_680

Birinchi davra bahslaridan keyin Belarus chempionatining qudratli jamoalari – BATE, “Dinamo” va “Shaxtyor” o‘zbek legionerini o‘z safiga chorladi. Yaxshiboev chempionlik uchun kurashadigan jamoaga o‘tib, kelajakda Evropa Chempionlar ligasida o‘ynash maqsadida “Shaxtyor” taklifini qabul qildi.

Mana endi Jasur yangi jamoasidagi faoliyatini ham muvaffaqiyatli boshladi. Aslida yarim himoyachi bo‘lgan hamyurtimiz gol urish bo‘yicha hujumchilar havas qiladigan samaradorlikka erishmoqda. Yangi jamoasidagi ilk uchrashuvini ikkinchi bo‘limdan boshlagan Jasurga Soligorskda debyut golini kiritish uchun yarim soatdan sal ko‘proq vaqt kifoya qildi.

“Gorodeya” darvrzasini ishg‘ol qilib, jamoasining 4:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlagan Yaxshiboev ilk uchrashuvdayoq “Shaxtyor”ning tanlovi to‘g‘ri bo‘lganini isbotladi va jamoa muxlislarining hurmatini qozona oldi.

f385e225e0477ec91757fb5f53fc64ea

Belarus chempionatining daslabki turidan musobaqaning eng yaxshi futbolchisi nomini o‘zida saqlab turgan Yaxshiboev joriy mavsumda 10 ta gol urgan birinchi to‘purarga aylandi. Bombardirlar bahsida shu kungacha u bilan raqobatlashib kelgan va endi “Shaxtyor”da birga to‘p surayotgan Vitaliy Lisakovich “Gorodeya” bilan bahsda ikkita assistni amalga oshirgan bo‘lsa-da, o‘zi raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Shu tariqa, chempionatda 15 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urgan Jasur Yaxshiboev to‘purarlar bahsida yakka peshqadamga aylandi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda,  so‘nggi o‘n yilda 15 ta uchrashuvda 10 ta gol urish hech qaysi jamoa hujumchisiga nasib qilmagan.  

Yaxshiboev: “Shaxtyor”ga Evropa chempionlar ligasida o‘ynagani keldim

Yaxshiboev: Suares va Kavaniga qarshi o‘ynaganimni unutmayman

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Asliddin Usmonov
14/07/2020 11:38
Омад! яхши уйнасанг мақташади уйнай олмасанг ёмонлашади чунки бу мухлислар!