Yo Ronalduni, yoki Neymarni olasan!

  • 12 iyul, 2022, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli  muxlislar ishonchini tezroq qozonish va maqsadi jiddiy ekanini ko‘rsatish uchun jamoaga superyulduzlardan birini olib kelmoqchi.

Xususan, Todd Byoli Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan aloqa ushlab turibdi. Mendesh o‘z mijoziga Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoa topib bermoqchi.

Tomas Tuxel portugaliyalik yulduzning jamoaga kelishiga qarshi ekanini yashirmayapti.

Todd Byoli ro‘yxatida Neymar ham bor. Klub xo‘jayini murabbiylar shtabiga PSJ hujumchisini ham olib kelishi mumkinligini uqtirgan.

Bosh murabbiy braziliyalik futbolchi bilan Parij klubida birga ishlaganini inobatga olib, bu transferning ehtimoli yuqoriligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!