
Yorqin nokautchi UFC ro‘yxatidan chiqarildi!
UFC ning surinamlik mashhur jangchisi va yorqin nokautchi Jairzino Rozenstrayk UFC ro‘yxatidan chiqarildi. Bu haqda UFC matbuot xizmatiga tayanib "AllBoxing" xabar berdi.
Rozenstrayk 2019 yil fevralidan beri UFC promoushenida 15 ta jang o‘tkazib, 9 g‘alaba va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Jairzino so‘nggi bor "UFC Fight Night 250" turnirida rossiyalik Sergey Pavlovichga qarshi oktagonga ko‘tarilib, yakunda ochkolar evaziga mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar