Yovich ijaraga ketishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi

  • 20.08.2019 21:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Mavsumlar oralig‘ida “Ayntraxt”dan “Real” Madridga ko‘chib o‘tgan hujumchi Luka Yovich o‘zining boshqa jamoaga ijaraga berib yuborilishi mumkinligi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirib o‘tdi.

“Men hamisha mish-mishlardan kulganman. Faoliyatimning boshidan boshlab har qanday mulohazalarga o‘rganib qolganman. Kim haq ekanligini vaqt ko‘rsatadi”, - deydi serbiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” 21 yoshli Yovichni joriy yozgi transferlar davrida “Ayntraxt”dan 65 mln evro evaziga sotib olgan edi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!